Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent yaqinida jurnalist hujumga uchradi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

Toshkent yaqinida jurnalist hujumga uchradi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

Poytaxtga tutash Toshkent viloyatining Zangiota tumanida «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi» jurnali muxbiri B. Esonov noma’lum shaxslar hujumiga uchradi. Voqelik joriy yilning 21-noyabr kuni kechki payt sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari  Hayot Shamsutdinov voqelikni tasdiqlar ekan, holat bo‘yicha Zangiota tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning (Jinoyat kodeksi) 164-moddasi  (bosqinchilik) 3-qismi «a» bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ikki nafar gumondorlardan biri qo‘lga olinganini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, sodir bo‘lgan voqea jurnalistning kasbiy faoliyati bilan bog‘liqligi  ehtimoldan yiroq.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, N. Q. (1983-yilda tug‘ilgan)  sherigi I. bilan Zangiota tumanining Tarnov mahallasidagi oshxonada spirtli ichimlik iste’mol qilishgach, o‘ziga tegishli «Matiz»da yo‘lga tushishadi. Yo‘l-yo‘lakay mashina to‘xtatish uchun qo‘l ko‘tarib turgan jurnalistning yonida to‘xtab, manziliga yetkazib qo‘yishini bildirishadi. Biroq tumanning To‘qimachi mahallasiga kelganda ikkovlon B. Esonovni (1965-yilda tug‘ilgan) kaltaklab, uning yonida bo‘lgan pul (1 million so‘m va 100 AQSh dollari), bank plastik kartasi, xizmat guvohnomasi va boshqa shaxsiy ashyolarini olib,  voqea joyidan yashirinishadi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida N. Q. ushlanib, uning yonidan B. Esonovga tegishli shaxsiy narsalar topilgan.  Hozirda u qamoqqa olingan.

B.Esonovga Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Muolaja jarayoni davom etayotir.

Ayni paytda unga yetkazilgan tan jarohatlar bo‘yida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Tergov harakatlar davom etmoqda. Jinoyat ishi nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring