Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 21 yoshli qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkentda 21 yoshli qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

2021-yil 11-mart kunidan 12-martga o‘tar kechasi taxminan soat 03:35 da Toshkent shahar IIBB xodimlari Shayxontohur tumani «Chaqar» mahallasi transport tunneli ustidagi ko‘prik ustunida noma’lum ayol hayotini xavf ostiga qo‘ymoqchiligi haqida xabar kelib tushgan.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining UzNews.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea joyiga Shayxontohur tumani IIO FMB profilaktika inspektori va Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari zudlik bilan yetib borishgan va ular tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida mudhish hodisaning oldini olishga erishilgan.

21 yoshli Toshkent viloyatilik S.X. xavfli joydan Shayxontohur tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yordam ko‘rsatish uchun yetkazildi va shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, unga psixologik yordam ko‘rsatildi.

Xodimlar qizning onasi bilan bog‘lanib, uni hodisa haqida xabardor qilishdi. Hozirda qizning onasi u bilan birga.

Toshkent shahar IIBB shuningdek, shahar aholisidan mazkur holat hodisa ishtirokchilari uchun psixologik jihatdan og‘ir bo‘lganligi sababidan uni ortiqcha sharhlarsiz qabul qilishlarini so‘ramoqda.

«Umid qilamizki, poytaxtda yashovchi har bir fuqaro xavfli holat guvohi bo‘lganida tezda ichki ishlar organlariga xabar yetkazadi», deydi IIBB Matbuot ximati.

«Uznews.uz» axborot agentligi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring