Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 4-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi

Toshkentda 4-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi

Foto: «Sputnik»

Sergeli tumanida joylashgan Moliya kolleji qarshisida «Kobalt» rusumli avtomashina haydovchisi, 1984-yilda tug‘ilgan T.A. piyodani urib ketib, yo‘l transport hodisasi haqida ichki ishlar boshqarmasiga xabar bermay, voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchi 1951-yilda tug‘ilgan ayol «kov va kuymich suyaklari sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Haydovchi qidiruv surishtiruv ishlari natijasida 29-yanvar kuni 18:00da topilgan.

Shuningdek, xuddi shunday hodisa Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota chorrahasida ham yuz bergan bo‘lib, «Matiz» haydovchisi,  1981-yilda tug‘ilgan Yu.S. piyodani urib ketib, qizaloqqa ko‘maklashish o‘rniga voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchi 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U «chap yelka suyak sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. «Matiz» haydovchisi esa tezkor qidiruv surishtiruv ishlari natijasida topilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring