Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus ag‘darilishi natijasida yetti yo‘lovchi jarohatlandi

Toshkentda avtobus ag‘darilishi natijasida yetti yo‘lovchi jarohatlandi

Foto: «Facebook / Voditeli Tashkenta»

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 23-iyul kuni Yunusobod tumanida yashovchi B.K. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobusi TXAY ko‘chasida joylashgan «Rohat» avtosaloni oldida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Bunga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, transport hodisasi oqibatida yetti nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring