Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikkita «Kobalt» va «Spark» to‘qnashdi

Toshkentda ikkita «Kobalt» va «Spark» to‘qnashdi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 25-yanvar kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan A.S. «Kobalt» rusumli avtomobilda harakatlanayotib qarshisidan kelayotgan F.B. boshqaruvidagi yana bir «Kobalt» rusumli hamda haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi I.T. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 40 yoshli N.M.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring