Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda haydovchi 5-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Toshkentda haydovchi 5-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Foto: «Sputnik»

14-aprel kuni Toshkent shahar Aviasozlar bozori bekati qarshisida yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 5-sinf o‘quvchisi U.M.ni «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi Yu.L. urib yuborgan. Bolakay tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tez tibbiy muolajalar amalga oshirilgan.

Shu kuni soat 19:40 larda Uchtepa tumanida avtoto‘qnashuv sodir bo‘ldi. Aniqlanishicha, fuqaro J.O. (haydovchilik guvohnomasi voqea joyida topilmagan) «Vaz-2106» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning uzluksiz o‘q chizig‘i ustidan qayrilayotganda «Gaz-322213» rusumli atomashina bilan to‘qnashgan. Natijada «Vaz-2106» haydovchisi J.O.ga «bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Oradan 20 daqiqa vaqt o‘tgach esa Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasida Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.A. «Matiz» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilangan qismidan o‘tib ketayotgan piyoda D.V.ni urib yuborgan. Natijada piyoda jiddiy jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar amalga oshirilgan.

Hozirda mazkur yo‘l transport hodisalari yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Falokat oyoq ostida» deb bejiz aytishmaydi. Ba’zan bilib, ba’zan esa bilmay o‘zimizni shunday o‘tga uramiz. Yuqorida keltirganimiz «Spark» yoki «Matiz» haydovchilari tezlikni oshirmaganda balki bugun xotirjamlikda, dasturxon boshida, oilasi qurshovida choy ichib o‘tirgan bo‘larmidi? Boshingiz xam bo‘lmasin desangiz, hushyorlikni, ogohlikni unutmang, haydovchi!

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring