Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Hyundai Sonata» YPX xodimini urib yubordi

Toshkentda «Hyundai Sonata» YPX xodimini urib yubordi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimini avtomashina urib yuborgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa bugun, 20-aprel kuni yuz bergan.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Abdulla Qodiriy va Maxatma Gandi ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farxod Sayxamatovni, A.T. boshqaruvidagi «Hyundai Sonata» rusumli avtomashina urib yuborgan.

Natijada YPX inspektori olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring