Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mashina yonib ketdi (foto+video)

Toshkentda mashina yonib ketdi (foto+video)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 13-mart kuni soat taxminan 20:25 larda Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahar YHXBdagi manbalarimiz xabar berdi.

Foto: «Xabar.uz»

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani joylashgan Ganga chorrahasidagi ko‘prikka kiraverishda ikkita «Neksiya» bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ishqalanish oqibatida yoqilg‘i bakida yong‘in chiqqan.

Foto: «Xabar.uz»

Hozircha halokatda hech kim jabrlanmagan. Olov o‘chirilgan. Birinchi videoda nomaqbul so‘zlar aytilgani bois ovozsiz berishni lozim topdik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring