Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda xavfli manyovr qilib, avariya holatini yuzaga keltirgan haydovchi ushlandi

Toshkentda xavfli manyovr qilib, avariya holatini yuzaga keltirgan haydovchi ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Internet tarmog‘ida «Mazda» rusumli avtomobil haydovchisi drift qilgani va yo‘l qismida avariyaviy holatni yuzaga keltirgani tushirilgan video tarqaldi.

7-fevral kuni taxminan soat 21:30 da Mirzo-Ulug‘bek tumanida «Mazda» rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli Livon Ya. yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun xavf tug‘dirgan holda manyovrlar amalga oshira boshlagan.

Livon Ya.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi bo‘yicha («Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi») ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring