Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mast holda mashina boshqargan ayol piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Toshkentda mast holda mashina boshqargan ayol piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Foto: «cheltv.ru»

Kecha, 24-iyun kuni taxminan soat 3.50da Yashnobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek – Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida «Nissan Maxima» rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Tatyana T. piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab o‘tib ketayotgan 27 yoshli Bobur K.ni urib yuborgan. YTH natijasida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH sababi — haydovchi mast holatda bo‘la turib avtomobilda tezlik oshirgan holda harakatlanish bo‘lgan.

«Hurmatli haydovchilar! Mast holatda avtomobil boshqara turib siz nafaqat o‘zingizni, balki atrofdagilarning ham hayotlarini xavf ostiga qo‘yasiz. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring