Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda metro poyezdi buzilib qoldi

Toshkentda metro poyezdi buzilib qoldi

Bugun, 12-oktyabr kuni soat 16:00 larda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi Pushkin va Buyuk ipak yo‘li bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezd nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.

Shu vaqtda yo‘lovchilar Pushkin bekatiga tushirilib, nosoz harakat tarkibiga yordamchi sifatida yuborilgan. Nosoz poyezdga yordam ko‘rsatilgandan so‘ng harakat jadval asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘rsatilgan noqulayliklar uchun Toshkent metropoliteni ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring