Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mikroavtobus va ikki yuk mashinasi to‘qnashuvida 12 kishi jabrlandi

Toshkentda mikroavtobus va ikki yuk mashinasi to‘qnashuvida 12 kishi jabrlandi

2019-yil 31-iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi 34 yoshli D.A. boshqaruvidagi «Qorasu-Qo‘yliq bozori» yo‘nalishida qatnovchi «GAZ-322132-288» rusumli mikroavtobusini  haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 59 yoshli R.B. boshqaruvidagi «KamAZ-5511» rusumli yuk avtomashinasining orqa tomoniga urgan. Keyin shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli D.A. boshqaruvidagi «DEU SC 77C» rusumli yuk avtomashinasiga urilib ag‘darilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Natijada «GAZ-322132-288» mikroavtobusi haydovchisi va olti nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, shuningdek qolgan 5 nafar yo‘lovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatilib uylariga javob berilgan.

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring