Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda million dollarga yer sotganlar ushlandi

Toshkentda million dollarga yer sotganlar ushlandi

Toshkent shahri Yangi hayot tumanidan 1 gektar yer olib berishni va’da qilgan 2 fuqaro 200 ming dollar pulni bo‘nak sifatida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, 7 may kuni 40 yoshli fuqaro bu 2 shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab tegishli organlarga murojaat qilgan. Ular keyin tezkor tadbir tashkil etishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1 gektar yer narxi 1 million dollarga baholangan. Ayni paytda tergov ishlari olib borilyapti.

Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring