Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish YTH videosi tarqaldi (video)

Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish YTH videosi tarqaldi (video)

Foto: «iibb.uz»

12-avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Feruza ko‘chasida ikki «Lasetti» avtomobili to‘qnashib ketgani haqida xabar bergan edik.

«Repost» nashriga ushbu YTH videosi yuborilgan.

IIBB xabar berishicha, mudhish YTH haydovchilardan birining yo‘l transport qoidasiga amal qilmaganligi sababli sodir bo‘lgan. Kuchli zarbadan «Lasetti»lardan birining yon tomoni pachoqlanib ketgan. Ikkinchisi esa zarbadan so‘ng bir necha bor ag‘darilib ketgan.

Mashinalar boshqaruvida 35 yoshli Toxir A va 23 yoshli Alisher S. bo‘lgan. Har ikki haydovchi turli darajali tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring