Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda xorijlik haydovchi halok bo‘ldi

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda xorijlik haydovchi halok bo‘ldi

Foto: IIBB axborot xizmati

10-aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumanida Mehrjon ko‘chasida (Dilkash kafesi qarshisida) 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi Xalik K. ishonchnoma asosida boshqargan Lacetti va 28 yoshli Shoxruh M. ishonchnoma asosida boshqargan Malibu to‘qnashgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, to‘qnashuvga Lacetti haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti yo‘lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. hamda ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, Lacetti haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring