Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «Makro» supermarketi yerto‘lasidagi klubda yong‘in chiqdi

Toshkentdagi «Makro» supermarketi yerto‘lasidagi klubda yong‘in chiqdi

Foto: IIV

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, bugun, 28-sentabr kuni soat 16.31da Toshkent shahar Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 83-uyda joylashgan «MAKRO» savdo-ko‘ngilochar markazining yerto‘lasida joylashgan Bouling klubida yong‘in sodir bo‘lgan.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 17.20da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida «Bouling» klubi uskunasining dvigateli va devor qoplamasi 15 kv.m. maydonda yongan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring