Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «Texnokontinental» korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi: bir guruh xodimlar jarohatlangan

Toshkentdagi «Texnokontinental» korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi: bir guruh xodimlar jarohatlangan

Bugun Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MChJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

FVV xabariga ko‘ra, natijada voqea joyida ishlayotgan korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borguniga qadar korxona xodimlarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilgan.

Jarohat olgan xodimlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan. Ular shifokorlar nazoratiga olinib, bemorlarga tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish va bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring