Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi tungi klub oldida to‘rt kishi pichoqlandi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentdagi tungi klub oldida to‘rt kishi pichoqlandi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Arxiv foto.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2020-yil 20-sentyabr kuni soat 06.00 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubdan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a, l» bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.X. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring