Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tug‘ishgan jiyaning shu ishni qilsa...

Tug‘ishgan jiyaning shu ishni qilsa...

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 22-apreliga o‘tar kechasi soat 02:30 larda noma’lum shaxs Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman «Istiqlol» mahallasida yashovchi 48 yoshli S.D. (ayol)ning yashash uyi yotoqxonasiga yuziga niqob kiygan holda bostirib kiradi.

Tergov departamentining qayd etishicha, u yotoqxonada uxlab yotgan uy egasiga hujum qilib, pul talab qiladi. Jabrlanuvchi uning uyida pul yo‘qligini bildirgach, yigit qo‘lida bo‘lgan belkurak dastasi bilan uning bo‘yin, qo‘l, tirsak va tanasini boshqa joylariga bir necha marotaba qasddan urib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, uning yonida bo‘lgan bahosi 1.5 mln so‘mlik «Samsung A02» rusumli qo‘l telefonini talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joydan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat jabrlanuvchining jiyani, 17 yoshli J.M. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan xolasiga tegishli bo‘lgan «Samsung A02» rusumli telefon apparati hamda shu kuni egnida bo‘lgan kiyimlari va niqob sifatida ishlatilgan qora rangli mayka ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring