Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyaga ketayotgan odamfurushni Sirdaryoda qo‘lga olishdi

Turkiyaga ketayotgan odamfurushni Sirdaryoda qo‘lga olishdi

2021-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Guliston shahar IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyati yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1983-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro D.T, 1991-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, turmushga chiqmagan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro N.K.ni «Spark» rusumli avtomashinada Toshkent shahridagi xalqaro aeroport orqali Turkiya davlati, Antaliya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring