Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchtepadagi portlash hududidan uchinchi qurbonning jasadi topildi

Uchtepadagi portlash hududidan uchinchi qurbonning jasadi topildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 14-mart kuni soat 11:40larda Toshkent shahri, Uchtepa tumani «Cho‘pon ota» MFY hududida joylashgan «Aksava» MChJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 2 ta boksining derazasi, devorlari qisman qulash sodir bo‘lgani va bunga kislorod yoki gaz ballonining portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

FVVning dastlabki ma’lumotida portlash oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida va yana biri kasalxonada vafot etgani, shuningdek, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgani xabar qilingandi.

Portlashdan avtoservis binosining bir qismi qulab tushgan. FVVning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, hodisa joyida favqulodda qutqaruv xizmatlari va boshqa tuzilmalar vakillari ishlamoqda. Binoning qulagan qismlarini tozalash jarayonida soat 20:00 atrofida uchinchi qurboning jasadi topildi.

Hozirda favqulodda vaziyatning sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring