Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganch tumanidagi yerto‘lada ikki ishchi o‘lik holda topildi

Urganch tumanidagi yerto‘lada ikki ishchi o‘lik holda topildi

Foto: «Mapio.net»

Urganch tumanida ikki nafar ishchi o‘lik holda topildi. Bu haqda Xorazm viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

2022-yil 27-yanvar kuni soat 11:00 larda Uraganch tumanidagi «Cho‘lobod» mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida temir kesadigan uskunadan foydalanish paytida qisqa tutashuv kelib chiqqan. Oqibatda yollanma ishchilar — 1962-yilda tug‘ilgan G.O. va 1960-yilda tug‘ilgan G‘.E. halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring