Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dahshatli YTHlar: Chiroqchi va Nurotada 5 kishi qurbon bo‘ldi

Dahshatli YTHlar: Chiroqchi va Nurotada 5 kishi qurbon bo‘ldi

Illyustrativ surat

Foto: «Za rulem Kuban»

Kecha, 27-may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi J.J. o‘zining «Neksiya» avtomashinasini «Chiroqchi-Yakkabog‘-Ko‘kdala-Sho‘rbozor» yo‘lining 73-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan R.H. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada haydovchi R.H. va uning ikki yo‘lovchisi jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar, 1 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, avtohalokatdagi ikkinchi «Neksiya» avtomashinasidan 2 nafar ayol yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan, haydovchi va 1 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, shu kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida D.Q. o‘zining «Spark» avtomashinasini «Nurota-Qizilcha» yo‘lining 65-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan O.M. boshqaruvidagi «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Spark» avtomashinasi haydovchisi D.Q. va uning yo‘lovchisi U.S. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring