Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vensan Kassel avariyaga uchradi

Vensan Kassel avariyaga uchradi

Foto: «Golos»

Taniqli fransuz aktyori Vensan Kassel YTH ga uchrab kasalxonaga tushib qoldi. Fransiya janubi-g‘arbidagi Arbonn qishlog‘ida skuterdan yiqilib tushgan, deb yozmoqda «Mirror».

Voqea joyidan uni tez yordamda olib ketishdi. Shlem kiyib olganiga qaramay, yuzidan jarohat olgan. Oradan bir necha kun o‘tib, uning o‘zi ijtimoiy tarmoqda ko‘rinish berdi: instagramda video joyladi.

Foto: «Instagram»

«Hech qachon karkidon bo‘lishga urinmang», — hazillashdi aktyor videoga yozgan izohida.

53 yoshli Vensan Kassel davrimizning eng iste’dodli aktyorlaridan sanaladi. «Bo‘rilar hukmdori», «Davlat dushmani», «Sohibjamol va maxluq», «Qora oqqush», «Qizil daryolar» kabi filmlari orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring