Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro terrorchi Xattob qanday o‘ldirilgani ma’lum qilindi

Xalqaro terrorchi Xattob qanday o‘ldirilgani ma’lum qilindi

Xattobning asl ismi Samir Solih as-Suveylem.

Foto: Ural.RU

Chechenistonda uya qurib, bir qator teraktlarni amalga oshirgan xalqaro terrorchi Xattob Rossiya maxsus kuchlari tomonidan zaharlangani e’lon qilindi. Bu haqda «Rosbalt» agentligi jarayonda bevosita qatnashgan manbaga asoslanib xabar bermoqda.

Terrorchilar boshlig‘i uzoq vaqt ta’qib qilinganiga qaramay qo‘lga tushmagan. Chunki u aloqa vositalariga ishonmagan, har doim turar joyini o‘zgartirib turgan. Tashqi olam bilan aloqani faqat xatlar orqali amalga oshirgan. Xatlar unga shunday murakkab tarzda qo‘lma-qo‘l qilib yetkazilganki, bu zanjir orqali terrorchini topishning iloji yo‘q edi.

Keyinchalik u haqdagi ishonchi axborotga katta mukofot puli joriy qilinganidan so‘ng xat tashuvchilardan biri hamkorlikka rozi bo‘lgan. 2002-yilning mart oyida xat yetkazuvchi Saudiya Arabistonidan maktub kelganini bildirgan. Shundan so‘ng Moskvadan zudlik bilan yetib kelgan kimyogar mutaxassis xat qog‘ozini o‘ta kuchli zahar bilan to‘yintiradi. Keyin konvert qayta muhrlanib, zanjir orqali jo‘natib yuboriladi.

Keyinchalik qo‘lga tushgan Xattobning tansoqchilaridan biri terrorchining xatni olgani va o‘qigan zahoti gulxanga uloqtirganini aytadi. Zahar unga uchinchi sutkadan keyin ta’sir qila boshlaydi va terrorchining ahvoli keskin yomonlashadi – og‘zidan ko‘piklar kelib, 20-martda jon beradi. 

Avvaliga atrofdagilar uni qo‘ziqorindan zaharlangan deb o‘ylashadi. Ammo keyinchalik xatga qo‘l tekkizgan yana besh kishining o‘lganidan so‘ng zaharlanish uyushtirilganini anglab yetishadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring