Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqlar do‘stligi» oldida Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasi yonib ketdi

«Xalqlar do‘stligi» oldida Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasi yonib ketdi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yaqiniga olib kelingan harbiy texnikalardan biri yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.

Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi mazkur holatga izoh berdi va yong‘in sababini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 13 yanvar kuni soat 22:20 larda «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring