Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda boshlang‘ich maktabga pichoqli hujum uyushtirildi

Xitoyda boshlang‘ich maktabga pichoqli hujum uyushtirildi

Foto: «Flickr»

Xitoyda pichoq bilan qurollangan erkak boshlang‘ich maktabga hujum qildi. Bu haqda mamlakat markaziy televideniyesi xabar berdi.

Hodisa Xunan viloyatining janubi-sharqida, mahalliy vaqt bilan soat 7:16 da sodir bo‘lgan. Qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohat olgan.

Hujum uyushtirgan 31 yoshli Chjen familiyali shaxs voqea joyida qo‘lga olingan. Uning maqsadi nima bo‘lgani noma’lum. Jarohat olgan bolalar kasalxonalarga yetkazilgan, ularning hayoti xavf ostida emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring