Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda qalampir yeyish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi (foto)

Xitoyda qalampir yeyish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi (foto)

Foto: «Udivi.li»

Ba’zilar bor — ovqatiga ozgina achchiq qalampir tushib qolgan bo‘lsa ham ishtahasi bo‘g‘iladi, yana ayrimlar esa ishtahasini ochish uchun qalampir yeydi. Ammo yana bir toifa odamlar bor — ular qalampirni ovqat o‘rnida ham yeyaveradi... Xuddi shu uchinchi toifa insonlar uchun Xitoy janubidagi Xunan shahrida kimo‘zarga achchiq qalampir yeyish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda «Udivi.li» sayti xabar bermoqda.

Bu asabi bo‘shlar uchun tomosha emas, musobaqada qatnashishni-ku xayolga ham keltirmang.

Tashkilotchilar musobaqani o‘tkazish uchun iyul oyining eng issiq kunini kutishadi. Harorat 40 darajadan oshishi, havodagi namlik yuqori bo‘lishi shart — dahshat!

Qatnashchilar tinimsiz qalampir chaynaganlari yetmaganidek, bo‘g‘zigacha unga ko‘milib o‘tirishlariga ham to‘g‘ri keladi.

Har bir qatnashchiga 50 dona qalampir beriladi — ajratilgan vaqt esa 60 soniya. O‘tgan yilgi tanlovda bir daqiqada 15 dona qalampir yegan kishi yutgandi.

Bu yilgi g‘olib — Tang Shuayxuy naq 50 dona garmdorini paqqos tushirdi va 24 karatlik oltin tangani yutib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring