Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda er-xotin is gazidan vafot etdi

Xorazmda er-xotin is gazidan vafot etdi

Foto:«Zarnews.uz»

Shu yilning 6-fevral kuni  is gazidan zaharlanib  vafot etishga oid ikkita holat qayd etildi. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Birinchisi Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida sodir bo‘ldi. Tumanning  Do‘stlik mahallasida yashovchi E.A. (1971-y.t., sudlanmagan, ishchi)  o‘z xonadoni yotoqxonasidan jonsiz holatda topilgan. Ikkinchisi  Xorazmning Bog‘ot tumanida yuz bergan. tumanning  Sohibkor mahallasida yashovchi G.Q. (1972-y.t., sudlanmagan, ishsiz) va uning turmush o‘rtog‘i E.B.lar (1977-y.t., sudlanmagan, ishsiz) yashash uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Har ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring