Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Andijon, yana sud, yana haqoratlangan sudya...

Yana Andijon, yana sud, yana haqoratlangan sudya...

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi yana haqoratga uchradi.

Ayolning sud binosiga kelishi va sudyani haqorat  qilishiga uning o‘g‘liga nisbatan bir juvon otalikni belgilash va voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirishni so‘rab fuqarolik sudida da’vo ochgani sabab bo‘ldi.

Da’vo mazmunidan ayol ish bo‘yicha taraf emasligi ma’lum. Chunki, javobgar u emas – o‘g‘li, baski, voyaga yetgan shaxs o‘z xatti-harakatlari uchun onasi emas, o‘zi javob bermog‘i kerak.

Aslida, sudya sud ayolni emas, uning o‘g‘lini chiqartirgandi. Chunki, haqiqatni aniqlash  uchun «DNK» ekspertizasi talab qilinar, buning uchun o‘g‘il (ya’nikim, javobgar) tegishli tahlillar topshirishi kerak.

Bundan xabar topgan ayol sudga o‘g‘lining o‘rniga o‘zi keladi. Muammosiz sudyaning qabuliga kirgach, «DNK» ekspertizasi tayinlagani uchun haqorat ustiga haqorat yog‘diradi...

Bunday voqelik shundayligicha qolib ketmaydigan bo‘ldi.

Ko‘p o‘tmay, ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismining «a» bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyasi B.Turdiyev raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisi yakunida ayolga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 6 (olti) baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Jazo bundan ham og‘rirroq bo‘lishi mumkin edi. Biroq jabrlanuvchining (ya’niki, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi sudyasining) da’vosi yo‘qligi, shuningdek, sudlanuvchi ayol ekani, yoshi ham ellikni qoralab qolgani e’tiborga olingan.

Yodingizda bo‘lsa, yaqinda xuddi shunday jinoyatni sodir etgan erkakka 1 (bir) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

Aslida-ku, gap jazoda ham emas. Gap qonunga bo‘lgan hurmatda. Sudya  o‘zicha ish ko‘rmaydi. Qonun nimani talab qilsa, shuni  amalga oshiradi. Uning ishi shu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring