Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi-Angren IESda portlash sodir bo‘ldi: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Yangi-Angren IESda portlash sodir bo‘ldi: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Arxiv foto.

Bugun soat 11:42da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan. Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.

Qo‘shimcha ma’lumot kelib tushishi  bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-resurslari orqali ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu issiqlik elektr stansiyasida o‘tgan yili yanvarda ham yong‘in sodir bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring