Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda haydovchini bog‘lab, mashinasini olib qochgan shaxslar qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda haydovchini bog‘lab, mashinasini olib qochgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 11-noyabr kuni tungi 03:30larda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 3 nafar noma’lum shaxslar kuch ishlatish yo‘li bilan «Spark» rusumli avtoulov haydovchisi 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Dni oyoq va qo‘lini bog‘lab, yo‘l yoqasida tashlab ketishadi. Uning boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtoulovni esa olib qochishadi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida avtoulov Toshkent tumani «Chuvalachi» mahallasida harakatlanayotganligi aniqlanib, Toshkent tumani IIB va YHXB xodimlari tomonidan to‘sib ushlash yo‘li bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring