Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada zilziladan jabrlanganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi

Yaponiyada zilziladan jabrlanganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi

Foto: «988.livejournal.com»

Yaponiyaning uchta shimoli-sharqiy prefekturasida 6,9 balli zilziladan so‘ng jarohat olganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat va Yaponiyada qutqaruv va tez yordam xizmati sifatida xizmat qiluvchi o‘t o‘chiruvchilar ma’lumotlariga asoslanib NHK telekanali xabar berdi.

Zilzila epitsentri bo‘lgan sohil yaqinidagi Miyagi prefekturasida yetti kishi, biri Ivate prefekturasida, yana biri Fukusima prefekturasida jarohat oldi.

Avvalroq yetti nafar jabrlanganlar haqida xabar tarqalgandi.

Shikastlanishlar unchalik jiddiy emas, ular yiqilish natijasida yoki qulagan mebel zarbasi natijasida kelib chiqqan jarohatlardir.

Shanba kuni 18:09 (Toshkent vaqti bilan 14:09) da Yaponiyaning shimoli-sharqida 6,9 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Sunami xavfi e’lon qilindi, keyinchalik u olib tashlandi. Zilzila o‘chog‘i 60 kilometr chuqurlikda joylashgan edi. Zilzila epitsentri Miyagi prefekturasi sohillari yaqinidagi Tinch okeanida bo‘lgan. Zilzila maksimal kuchi mamlakatda qabul qilingan yetti balli o‘lchov bo‘yicha besh plyusni tashkil etdi. Yer silkinishlari Yaponiyadagi 47 prefekturaning 23 tasida sezilgan. Bir qator avtomobil va temir yo‘l uchastkalarida transport harakati qisman to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring