Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘lovchi samolyotda favqulodda holat: styuardessa kaltaklandi!

Yo‘lovchi samolyotda favqulodda holat: styuardessa kaltaklandi!

Foto: «RIA Novosti»

Sankt-Peterburgdan Turkiyaning Antaliya shahriga parvoz qilgan «Rossiya» aviakompaniyasiga qarashli samolyot Sochiga favqulodda qo‘ndi. Sababi — yo‘lovchilardan biri styuardessaga qo‘l ko‘targan. Zarba kuchli bo‘lgan ko‘rinadi, negaki, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilgani tufayli bort komandiri havo kemasini qo‘ndirishdan o‘zga chora topmagan.

Xabarda mushtumzo‘r yo‘lovchi kim, qo‘l ko‘tarishiga undagan sabab nima va unga qanday chora ko‘rilgani haqida ochiqlanmagan.

Faqat o‘tgan hafta «Aeroflot» aviakompaniyasida sodir bo‘lgan voqea yana bir karra eslatilgan, xolos. O‘shanda yo‘lovchilardan biri qurol bilan tahdid qilib, havo kemasini Afg‘onistonga yo‘naltirish talabini qo‘ygandi. Talafotsiz yakunlangan ushbu hodisa natijasida aybdor qo‘lga olinib, qamoqqa tashlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring