Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi

Yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi — qotillar qo‘lga olindi

Foto: «sxabar.uz»

Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatiga tayanib «Sirdaryo Xabarlari» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 13:50da Mirzaobod tumani Dehqonobod MFY hududidagi dala maydoni chetidagi jing‘il butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasad topilgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida, noma’lum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K. xamda uning jinoiy sheriklari L.K., S.M., V.D. va J.M.lar ekanligi aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

«Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddass 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring