Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Youtube» ko‘magida 40 yil oldin yo‘qolgan kishi topildi

«Youtube» ko‘magida 40 yil oldin yo‘qolgan kishi topildi

Foto:«Entrepreneur.com»

Hindistonda 40 yildan beri oilasi bilan ko‘risholmayotgan bir kishi «Youtube» namoyish qilgan bir klip orqali oilasini topib oldi. Bu haqda «Sabah» xabar tarqatgan.

1978-yili 26 yoshida oilasiga aytmasdan yo‘qolib qolgan Xumdram Gambir Sinx tasodifan Mumbay ko‘chalarida klipni tasvirga olish jarayonida kameraga tushib qolgan.

Sinx oilasi klipni «Youtube» orqali tomosha qilayotib undagi bir kishini 40 yil avval yo‘qolgan Xumdram Gambirga o‘xshatgan. Klipni qayta-qayta tomosha qilgan Sinx oilasi tasvirdagi kishi Xumdram Gambir ekaniga ishonch hosil qilgach, bu haqda politsiyaga xabar bergan.

Politsiya ko‘magida Sinxlar oilasi 40 yildan so‘ng topishdi. Xumdram Gambirni vokzaldan olib kelishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring