Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX inspektorlarini ketma-ket «urib ketgan» haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

YPX inspektorlarini ketma-ket «urib ketgan» haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Voqelik shu yilning 18-yanvar kuni kuppa-kunduzi yuz berdi.

Poytaxtning M.Ulug‘bek tumanidagi TXAY va Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishgan chorrahada Toshkent shahar IIBB YXHB YPXB YPX inspektori B.Sultonov (1981-y.t.) «Spark»  boshqarib kelayotgan Sh.Dillayevga (1993-y.t.,ishsiz) to‘xtash ishorasini qiladi. Biroq haydovchi talabga bo‘ysunmaydi, aksincha, harakatni davom ettirib, kamiga avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan inspektorni «turtib» ketadi. 

Avayxon ko‘chasidagi chorrahada uning yo‘lidan yana bir inspektor — U.Qo‘chqorov (1982-y.t.) chiqib, u ham to‘xtash ishorasini qiladi. Haydovchi bu safar ham talab bo‘ysunmay, bu inspektorniyam avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan «bir turtib», harakatni davom ettiraveradi. Biroq uzoqqa borolmaydi: zarur choralar qo‘llanib, IIB xodimlari tomonidan ushlanadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, kuni kecha Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Dillayevga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi (xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Voqea natijasida inspektorlar tan jarohati olgan-olmaganligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring