Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusobodda ko‘pqavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yunusobodda ko‘pqavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 7-may kuni soat 09:13da Yunusobod tumani «Sevinch» MFYdagi  ko‘p qavatli uylarning birida, xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘indan uyning ushbu qismidagi 10 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borgan hamda qisqa fursatlarda yong‘in bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida uyning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Ushbu holatning kelib chiqishiga yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring