Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada xonaki zindon: zanjirband qilingan ayol

Zangiotada xonaki zindon: zanjirband qilingan ayol

Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqaro o‘z xotinini zanjirband qilgani haqidagi xabarlar tasdig‘ini topgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

23-26-sentyabr kunlari o‘z uyida bu fuqaro turmush o‘rtog‘ining oyog‘ini zanjir bilan noqonuniy tarzda bog‘lab qo‘ygan. Bu haqda boshqa bir fuqaro 26-sentyabr kuni tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Zangiota tumani IIB xodimlari tezkor o‘rganish maqsadida xonadonga borishgan. O‘rganish davomida ayol tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Hozir ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring