Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zominda qor yog‘di. Ayrim hududlarda harorat «minus»ga tushadi

Zominda qor yog‘di. Ayrim hududlarda harorat «minus»ga tushadi

Foto: Zomin tumani hokimligi axborot xizmati

Bugun, 10-oktyabr kuni tunda Jizzax viloyati, Zomin tog‘ yonbag‘irlarida qor yog‘di. Ushbu hodisa aks etgan fotolar tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tarqatildi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, mamlakatimizga kirib kelgan sovuq havo bugun ham respublika hududida davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5-7 darajaga me’yordan past.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi, harorat 0-5 darajani tashkil etilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring