Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11-12-oktyabr: «Huquqiy bilimlar kuni» fleshmobida qatnashing!

11-12-oktyabr: «Huquqiy bilimlar kuni» fleshmobida qatnashing!

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Huquqiy bilimlar kuni» fleshmobini o‘tkazadi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Fleshmob joriy yilning 11–12-oktyabr kunlari soat 10.00 dan 16.00 ga qadar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi. Bunda tashkil etilgan maxsus joylarda targ‘ibot tadbirlari rejalashtirilgan.

Shu kunlari aholiga notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi. Shuningdek, fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini rag‘batlantirish uchun turli tanlovlar va viktorinalar, shu jumladan, huquqiy testlar tashkil etiladi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan huquqiy qo‘llanma taqdim etiladi.

Tadbir Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Eko bozor» savdo majmuasida, G‘afur G‘ulom istirohat bog‘ida, «Anhor-Lokomotiv» parkida, Yakkasaroy tumanidagi «Next» savdo majmuasida, Oloy bozorida, «Mega planet» savdo majmuasining old maydonida o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tadbir o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: Tadbir o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati.

Huquqni faol targ‘ib qilish shaklida o‘tkazilayotgan ushbu fleshmob uchun maxsus flayerlar, bukletlar va boshqa targ‘ibot materiallari ishlab chiqilgan.

Adliya vazirligi barchani fleshmobda faol ishtirok etishga chorlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring