Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 yoshli qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3 yoshli qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz» / Aleksandr Judro

Toshkent hayvonot bog‘ida bugun, 28-yanvar kuni yosh ayol ko‘pchilikning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yuborgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring