Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

51 yoshli erkak sheriklari bilan sigaret do‘koniga o‘g‘rilikka tushdi

51 yoshli erkak sheriklari bilan sigaret do‘koniga o‘g‘rilikka tushdi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatida yashovchi Rustam, Bahodir va Shodiyor poytaxtning Olmazor tumanidagi tamaki sotiladigan do‘konlardan biriga devorni teshgan holda o‘g‘rilikka tushgan

Aniqlanishicha, jinoyatchilar do‘kondan 46 mln so‘mdan ortiq sigaretlarni o‘g‘irlagan.

51 yoshli Rustam sigaret do‘konini o‘marishdan oldin bir necha marta u yerga kirgani va devorni buzib kirish mumkinligini sezgani va sheriklarini bunga jalb qilganini gapirib berdi. U oldin ham bir necha marta sudlangan bo‘lib chiqdi.

Ushbu shaxslar o‘g‘rilikdan keyin Samarqand viloyatiga qochib ketishgan. Tezkor guruh ularni qo‘lga olib, Olmazor tumani IIB tergov bo‘limiga topshirgan. Bunga qadar ular o‘g‘irlangan sigaretlarni 14 mln so‘mga sotib, bo‘lishib olishgan.

Holat bo‘yicha JKning tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ushbu shaxslar qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring