Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

8 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Joriy yilning sentyabr oyi davomida «O‘zneftegazinspeksiya» tomonidan Respublikada gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida gaz ta’minotiga noqonuniy ulanish orqali 300 tadan ortiq xolat aniqlanib jami 8 mlrd sumga yaqin, 7 mln 682 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, zarar yetkazganligi aniqlandi. Bu haqda «O‘zneftegazinspeksiya»ning axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Xususan, Andijon viloyatida joylashgan «Muxammad XSSNChF» korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida 390 mln so‘mdan ortiq, 394 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan «Xurram Savdo» MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida jami 128 mln so‘mdan ortiq 128 772 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Umuman olganda, joriy yilning boshidan 2250 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, tegishli choralar ko‘rish uchun xujjatlar huquni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Umuman olganda, Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy iste’mol qilish xajmi jami 1 mlrd so‘mlik 956 ming metr kubni tashkil etdi. Siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring