Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi propiska bo‘yicha loyihaning jamoatchilik muhokamasidan olinganiga izoh berdi

Adliya vazirligi propiska bo‘yicha loyihaning jamoatchilik muhokamasidan olinganiga izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

«Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiO‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalidan olib tashlangani haqida xabar berilgan edi. 

Adliya vazirligi Jamoatchilik aloqalar bo‘limi loyihaning portaldan o‘chirilishiga izoh berdi. 

«Davlat boji stavkalarini kompleks ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib hamda propiska masalasida qonun hujjatlarini takomillashtirish masalasi qo‘shimcha o‘rganilayotganligi sababli loyiha jamoatchilik muhokamasidan olib tashlandi» deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, loyihada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk 2 yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri belgilangan stavkada davlat boji to‘lashi taklif qilingandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring