Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi «qo‘shfamiliyalilik» tushunchasiga aniqlik kiritdi

Adliya vazirligi «qo‘shfamiliyalilik» tushunchasiga aniqlik kiritdi

Foto:Adliya vazirligi

Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva muhokamalarga sabab bo‘layotgan «qo‘shfamiliyalilik» tushunchasiga o‘z kanalida izoh berib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘layotgan «qo‘shfamiliyalilik» tushunchasiga aniqlik kiritib o‘tsak. Avvalo, bu tushuncha bugun  hamma jar solayotganidek «qaynoq» yangilik emas.

Erinmasangiz ushbu manzil orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarorining 90-bandi ikkinchi xatboshisi bilan tanishib chiqing.

Unda shunday yozilgan:

«Nikoh tuzilganligini qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki o‘zlarining nikohgacha bo‘lgan familiyalarida qolishlari mumkin.

Nikohlanuvchilar familiyalarining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan familiya umumiy familiya sifatida tanlanishi mumkin».

Bu tartib ixtiyoriylikka asoslangan bo‘lib, fuqarolarning erkin tanlovi asosida amalga oshiriladi. Qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgaritishga ko‘ra, familiyalarining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan familiya nima ekanligiga aniqlik kiritilgan, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring