Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aksilkorrupsiya agentligi qo‘g‘irchoq teatrida «korrupsion holatlarni fosh etdi»

Aksilkorrupsiya agentligi qo‘g‘irchoq teatrida «korrupsion holatlarni fosh etdi»

Joriy yilning may-iyun oylarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand shahar madaniyat bo‘limi, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri hamda Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan edi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tadbirlar davomida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Jumladan, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida o‘tkazilgan o‘rganishda ko‘p yillik mehnat uchun ustama to‘lovlari to‘lanishi mumkin bo‘lmasa-da, 2019-2020 yillarda jami 59 430,4 ming so‘mlik qo‘shimcha to‘lovlar noto‘g‘ri to‘lab berilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 8 iyul kuni prokuratura idoralari tomonidan viloyat qo‘g‘irchoq teatri mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mazkur hujjatlarning Samarqand shahar madaniyat bo‘limiga nisbatan bo‘lgan qismi 2021 yil 9 iyulda Samarqand shahar prokuraturasi ish yurituvidagi shahar madaniyat bo‘limi xodimlariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatrida o‘tkazilgan o‘rganishlarda qayd etilgan qonun hujjatlariga rioya qilinmaganligi natijasida, 2019-2020 yillarda 216 566,5 ming so‘mlik ish haqi va ustama to‘lovlar noto‘g‘ri to‘langanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatri mansabdor shaxslariga nisbatan 2021 yil 13 iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, – deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring