Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farzandlar ham aliment to‘lashi mumkin

Farzandlar ham aliment to‘lashi mumkin

Foto:«UzReport.news»

Odatda aliment undirish bo‘yicha sud ishlari yoki majburiy ijro harakatlarining asosiy qahramonlari otalar, kam hollarda farzandlari ta’minotiga javobgar deb belgilangan onalar bo‘lishadi. Ammo qonunga muvofiq farzandlar ham o‘z ota-onalariga aliment to‘lashlari mumkin. Konstitutsiyamizning 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar» deya belgilab qo‘yilgan. Milliy qadriyatlarimizga zid keladigan holat bo‘lsada, bunday misollar uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontohur tuman bo‘limi 2016-yil 18-iyul kungi ijro varaqasiga asosan fuqaro R.A.dan o‘z otasi M.A.ga har oyda 132240 so‘m aliment pullari undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. Bunday hujjat mavjudligining o‘zi yoqimsiz aslida. Biroq keyingi misol oldida bunga chidasa bo‘ladi. Negaki, ayni misolda ijro hujjatiga asosan belgilangan aliment pullari to‘lab kelinmoqda. Keyingisi esa...

... 2016-yil 2-may kungi ijro varaqasiga asosan aka-uka S.N. va Z.N. har oyda o‘z onasi uchun aliment to‘lashi belgilangan. Ya’niki, onasining ta’minoti uchun har oyda aka 120000 so‘m, uka 160 000 so‘m to‘lab borishi kerak. Biroq qarzdor aka-ukalar 2017-yil yanvar oyidan boshlab onasiga umuman aliment to‘lamay qo‘yishgan. Natijada ularning onaizor oldidagi qarzdorligi 7 mln. 280 ming so‘mdan oshib ketgan...

Bu-ku, onaning moddiy ta’minoti uchun sud belgilab bergan pulning qoplamagan miqdori. Ona oldidagi ma’naviy qarzdorlik-chi? Buni na qonun belgilab bera oladi, na farzand xizmati bilan uzishi mumkin! Ma’naviy qarzdorlikni to volida rozi bo‘lmaguncha ado etib bo‘lmaydi, axir?!

Insof bersin, insof bersin...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring