Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda harbiy qismni kuzatgan shubhali shaxs qo‘lga olindi

Andijonda harbiy qismni kuzatgan shubhali shaxs qo‘lga olindi

Foto: Sarhad.uz

DXX Chegara qo‘shinlarining Andijon viloyati Xonobod shahridagi harbiy qismlaridan birida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxsni payqab qolishdi.

Shundan so‘ng, bu holatga aniqlik kiritish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan ushbu shaxs qo‘lga olinib, DXX va Ichki ishlar idorasi xodimlari bilan hamkorlikda xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida u 1993 yilda Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.E. ismli shaxs ekani ma’lum bo‘ldi.

Uning yon cho‘ntagidan 4,4 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring