Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Andijonda IIV xodimlari qimmatbaho tosh sabab fuqaroni urib o‘ldirgan

Andijonda IIV xodimlari qimmatbaho tosh sabab fuqaroni urib o‘ldirgan

Foto: Xabar.uz

Andijonda IIB xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilishi natijasida gumondor fuqaro komaga tushib, oxir-oqibat vafot etgani xabar qilingan edi. Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov Andijondagi jinoyat ishining ayrim detallarini ma’lum qildi.

Andijon shahar Ichki ishlar boshkarmasi Jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor vakili E.Rayimjonov hamkasblari F.Xusanboyev va Q.Qodirovlar bilan birga fuqaro A.Sotvoldiyevning qimmatbaho toshini olib, qaytarib bermayotgan A.Abdukarimovga (marhum) nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi yuzasidan o‘zboshimchalik bilan tekshiruv olib borishgan.

29 may kechasi Andijon shahar Navro‘z mahallasida yashovchi A.Abdukarimovning xonadoniga tezkor vakil E.Rayimjonov F.Xusanboyev bilan birga borib, uni Ichki ishlar bo‘limi ma’muriy binosiga olib kelib psixologik va jismoniy bosim o‘tkazib, 30 may ertalab soat 06-00 ga qadar noqonuniy ushlab turib, uning huquqlari, qonuniy manfaatlari va sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazganlar.

Oqibatda, fuqaro tan jarohat olib, hushini yo‘qotgan va respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialiga yotqizilgan. Jabrlanuvchi A.Abdukarimovga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli fuqaro 11 iyunda vafot etgan.

Joriy yilning 30 may kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan katta leytenant F.Xusanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirovlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqka olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Senat qo‘mitasining 25 may kuni Andijon viloyatida o‘tkazilgan sayyor majlisida qabul qilingan qarorida Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmanovning egallab turgan lavozimiga qanchalik loyiq ekanligi masalasi ko‘tarilgan edi.

Ichki ishlar vazirining 14 iyun kungi buyrug‘i bilan podpolkovnik Sodiq Hakimmurzayevich Usmanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

«Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bu kabi holatlarni qat’iy qoralaydi va kelajakda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishini talab qiladi.

Andijon shahrida sodir bo‘lgan mazkur holat Qo‘mitamiz tomonidan nazoratga olindi va biz adolat to‘liq qaror topishini, bunday fojealar boshqa takrorlanmasligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz», — deyiladi Qutbiddin Burxonov munosabatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring